

"Rossonerilar" "Vest Xem"da to'p surayotgan Simone Dzadza va "Chelsi"da o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Mishi Batshuayiga qiziqishmoqda.
"Milan" rahbariyati mavsum o'rtasida jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli bo'lgan Dzadza yoki "Chelsi"ning zaxira o'rindig'ida qolib ketayotgan belgiyalik Batshuayi katta ehtimol bilan mavsumning ikkinchi qismida Italiyada paydo bo'lishi mumkin.



