"Milan" Otavio bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda

"Portu" yarim himoyachisi Otavio kelasi mavsumni Italiya A Seriyasida boshlashi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi bilan "Milan" mutasaddilari muzokara o'tkazmoqda. Otavio "rossonerilar" tarkibiga yozda erkin agent sifatida ko'chib o'tishi mumkin.
U Portugaliya klubi sharafini 2014 yildan beri himoya qilib kelmoqda. "Portu" futbolchini 2014 yilda Braziliyaning "Internasonal" jamoasidan xarid qilgan edi.


Manba: twitter.com/nicoschira