"Milan" o'ziga yangi stadion qurmoqchi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2023
Milan meri Juzeppe Sala "Milan" "San-Siro"dan tashqari yangi stadion qurmoqchi ekanligini tasdiqladi.

"Milan" xo'jayini Jerri Kardinale allaqachon Sala bilan uchrashuv o'tkazgan. Yangi stadion San-Siro yaqinida joylashgan La Maura hududida qurilishi kutilmoqda. Endilikda "rossonerilar" ikki hafta ichida o'z loyihasini taqdim etishlari kerak.

Dastlab, "Inter" va "Milan" San-Siro hududida yangi stadion qurishga kelishib olishgandi, ular yangi arenani "Sobor" deb nomlamoqchi edi. Loyiha jamoatchilik bilan maslahatlashuvdan o'tishi kerak edi. "Inter" bosh direktori Alessandro Antonello fevral oyida "neradzurrilar" "Milan" bilan yangi stadion qurishga umid qilishayotganini aytgandi, ammo bu "rossonerilar"ning rejalarida hozircha mavjud emas.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: Football Italia

Izohlar

Mılanchı
24 mar 2023
Yaxshi oʻziniki boʻlgani yaxshi, bir qozonda ikki bosh qaynamaydi.