"Milan" "Real" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2021
"Milan" yozda kuchli hujumkor yarim himoyachilarni olib kelmoqchi.

Klub buning uchun asosiy nomzod sifatida "Real" futbolchisi Iskoni ko'rmoqda. 29 yoshli futbolchiga ko'plab klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Milan" esa futbolchiga ko'proq o'yin amaliyoti berishga tayyorligini bildirgan. O'z navbatida Karlo Anchelotti hamda "Milan" o'rtasidagi iliq munosabatlar transfer ishlarining tezlashishiga sabab bo'lishi mumkin.

O'tgan mavsumda Isko Laligada 25 o'yinda qatnashib, 2 golli pas berdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport