"Milan" sport direktori: "Uch transferni amalga oshirdik. Boshqa transfer qilmaymiz"

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020
"Milan" sport direktori Fredrik Massara klubning yanvar oyidagi transfer rejalari haqida gapirdi.

"Boshqa transfer amalga oshirmaymiz. Yanvar oyida Ibragimovich, Ker va Begovichning transferini amalga oshirib bo'ldik.

Biroq tarkibni kuchaytirish variantlarini yana bir bor ko'rib chiqamiz", - dedi Massara.

Oldinroq "Milan" Zagrebning "Dinamo"sidan Dani Olmoni transfer qilishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport