"Milan" Tonali uchun o'rinbosar topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023
"Lans" futbolchisi Seko Fofana "Milan"ga o'tishi mumkin.

"Milan News" xabariga ko'ra, "rossonerilar" ushbu futbolchini "Nyukasl"ga ketayotgan Sandro Tonalining o'rniga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Fransiya klubi esa 28 yoshli futbolchisining kyetishidan eng kamida 35 mln evro ishlab olmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Fofana mamlakat chempionatining 35 o'yinida qatnashib, 7 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Milan News