“Milan” yangi mavsumda tarkibni sezilarli kuchaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2017
Jamoaning yangi rahbariyati “Milan” tarkibini sezilarli ravishda kuchaytirishga ahd qilgan.

Jamoa rahbariyati ayni paytda “Milan”ni boshqarayotgan Vincenco Montella bilan shartnomani uzaytirish bilan birga, darvozabon Donnarumma, himoyachi Matia De Shilo va yarim himoyachi Suso bilan hamkorlikni yana davom ettirish istagida.

Shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaga bir qator yangi nomlar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bular “Chelsi” yarim himoyachisi Sesk Fabregas, “Sassuolo” azosi Lorenco Pellegrini va “Lacio” hujumchisi Balde Keytadir.

Shuningdek, “Vilyareal” yari m himoyachisi Mateo Musakkyu va dortmundliklar to'purari Per-Emerik Obameyang ham “Milan” qiziqishlar doirasida.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: La Gazetta Dello Sport

Izohlar

Amudaryolikman
15 apr 2017
Jamoaga "Reues"ni ham olib kelish kere, yoki "Hazard"nimi.
Abdulg‘affor
15 apr 2017
3 yildan beri tarkib kuchaytiriladi...
Inomjon
15 apr 2017
хақиқатдан тўгри бўлса жуда зўр бўларди,МИЛАН ОЛҒА ГАЗНИ БОС ГАЗНИ БИЗ СЕН БИЛАН
AVTO_BOT
15 apr 2017
Veratti bn Keyn wularni oliw kere
AntiYuzer
15 apr 2017
YAXWIYAM GAPMI. JUDA ZO`R BO`LARDIKU, AGAR WUNAQA BO`LSA. YANA BIR BUYUK JAMOA O`ZIGA KELARDI