"Milan" yanvarda PSJ hujumchisini sotib olishga harakat qiladi

Mirjalol Normatov
24 sen 2023
PSJ hujumchisi Ugo Ekitike "Milan"ga o'tishi mumkin.

Fransiya grandlari ushbu yozda futbolchisini sotib yuborishga harakat qilgan, biroq ularning talablariga mos murojaatlar kelib tushmagan. Futbolchini sotib olish istagida bo'lgan "Milan" esa qishda "poygaga" kirishmoqchi. Futbolchiga qiziqishlar bo'layotganining sababi - uning PSJda asosiy tarkibda o'ynamayotgani bo'lib turibdi.

Ugoning transfer summasi 20 mln evro atrofida baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar davom etadi.

Futbolchi o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 25 o'yinda 3 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal