"Milan" himoyachisi Fode Ballo-Ture, vinger Ante Rebich va hujumchi Divok Origi jamoa bilan mavsumoldi turga bormaydi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
3 nafar futbolchi ham transferga qo'yilgan. Ballo-Ture bo'yicha allaqachon muzokaralar olib borilmoqda. Qolgan ikki futbolchi uchun hozircha aniq takliflar yo'q.
Shu bilan birga, "rossoneri" ham tarkibni kuchaytirish ustida ishlayapti. Mavsum oldidan "qizil-qoralar" 5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashdi.
Izohlar