"Milan"ning qishki transferlar oynasi vaqtidagi asosiy maqsadi kim bo'ladi?

Mirjalol Normatov
9 jan 2025
"Milan" Markus Reshfordni MYUdan sotib olishga jiddiy bel bog'lagan.

"La Gazzetta dello Sport" malumotiga ko'ra, "rossoneri" qishki transferlar oynasi vaqtidayoq futbolchini tarkibiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Kecha futbolchining agenti va klub o'rtasida ilk muzokaralar o'tkazilgan. Bu boradagi asosiy muammo "Milan" Markusning maoshini asosiy qismi, yani, 13 mln evroni to'lashni istamayotganida bo'lib turibdi. MYU esa futbolchini ijaraga berib yuborgan taqdirda maoshning bir qismini to'lamoqchi emas.

"Milan" agar Reshford transferini amalga oshira olmasa, "Sporting"dan Fransishku Trinkauni tarkibiga qo'shib olishga harakat qiladi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: La Gazzetta dello Sport

Izohlar

Umid Uuuu
9 jan
Vay galatiyu ham oynatarmishde ham oyli tolamasmish