"Milan"ning yanvar oyidagi transfer rejalari malum

Sherzod Nurmatov
26 dec 2023
"Rossoneri" o'zining ustuvor maqsadlari haqida qaror qabul qildi.

"Milan" yanvarda ikki himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Shuningdek, "rossoneri" ijara asosida "Vilyarreal"da to'p tepayotgan himoyachi Matteo Gabbiyani muddatidan avval qaytarish haqida o'ylamoqda. Futbolchi Ispaniya klubida kam o'ynayotgani sababli qaytishga tayyor. U La Ligada atigi 7 ta uchrashuv o'tkazdi.

Hozirda "qizil-qoralar"ning 4 nafar markaziy himoyachisi jarohat olgan. Faqat Simon Ker va Mattia Kaldara sog'lom. Qolaversa, ikkinchisi joriy mavsumda hali biror marta maydonga tushmagan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/NicoSchira

Izohlar