Milik kun oxirigacha "Marsel" o'yinchisiga aylanishi mumkin

Alisher
21 yanv 2021
Forvard Arkadiush Milik "Napoli"dan "Marsel"ga o'tishga yaqin.

26 yoshli polshalik to'purar bugun tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Fransiyaga uchib ketdi. Klub Milikning transferi uchun 8 million evro to'laydi.

Arkadiush bu mavsumda "Napoli"ning qaydnomasiga kiritilmadi.

"Marsel" ayni damda Fransiya Liga 1'ning turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport