Milik Evroga bormaydi. Polsha terma jamoasining Evro-2024 uchun yakuniy qaydnomasi elon qilindi

Aslanov Jasurbek
10 jun 2024
Polsha terma jamoasi Evro-2024da ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini malum qildi.

Mixal Probej boshqaradigan jamoa qaydnomasiga kirgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabolar: Voycex Shchensni (Yuventus), Lukash Skorupski (Bolonya), Marchin Bulka (Nicca);

Himoyachilar: Yan Bednarek (Sautgempton), Bartosh Bereshinski (Empoli), Pshemislav Frankovski (Lans), Yakub Kiver (Arsenal), Timoteush Puxach (Kayzerslautern), Bartosh Salamon (Lex), Sebastyan Valyukevich (Empoli);


Yarim himoyachilar: Pavel Davidovich (Verona), Kamil Grosicki (Pogon), Yakub Moder (Brayton), Yakub Petrovski (Ludogorec), Taras Romanchuk (Yagelloniya), Bartosh Slish (Atlanta Yunayted), Damyan Shimanski (AEK), Sebastyan Shimanski (Fenerbaxche), Kacper Urbanski (Bolonya), Nikola Zalevski (Roma), Petr Zelinski (Napoli);


Hujumchilar: Adam Buksa (Antalyaspor), Robert Levandovski (Barselona), Kshishtof Pentek (Istanbul), Karol Sviderski (Verona), Mixal Skuras (Bryugge).


Kengaytirilgan tarkibda nomi bo'lgan, ammo oxirgi qaydnomaga kiritilmagan darvozabon Oliver Zix ("Pusha"), himoyachi Pavel Boxnevich ("Xerenven") va hujumchi Arkadiush Milik ("Yuventus") Evro-2024da ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, Milik Ukrainaga qarshi o'rtoqlik o'ynida jarohat olgan edi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: UEFA

Izohlar