Milliy sport mukofoti-2024. Nodir To'ychiev – yilning eng faol sport targ'ibotchisi, O'FA – yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi!

Sherzod Nurmatov
23 dec 2024
Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Milliy sport mukofoti-2024" taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

Dastavval, joriy yil kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan sportchilarga Prezident qarori asosida bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shundan so'ng 2024 yil davomida o'zbek sportida qayd etilgan eng muhim sport tadbirlariga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.

Shundan so'ng turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni taqdirlash boshlandi.

Sal avval O'zbekiston terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh sportchisi sifatida etirof etilgani haqida xabar bergan edik. Endi esa navbat boshqa mukofotlar egalariga etib keldi. 

Xususan, yil davomida o'zining fidoyiligini ko'rsatgan "Andijon" Ultras etakchisi Nodir To'ychiev yilning eng faol sport targ'ibotchisi deb topilgan bo'lsa, futzal bo'yicha JCHga mezbonlik qilgan O'zbekiston futbol associaciyasi yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi bo'ldi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Akmal Qaxorov
23 dec 2024
Nodir akani tabriklaymiz.Muhlislik madaniyatini yuqori choʻqqiga olib chiqdi shu inson
BarsAndijon
23 dec 2024
Муборак булсин укажоним!Аллох мартабангизни янаям улуг килсин. Бутун Андижон ахли хурсанд!АНЖАН ЧЕМПИОН!АНЖАЛИКЛАААРР КЕЛДИИ!
Zafarbek Joʻrayev
23 dec 2024
Nodir aka bundan koʻpiga loyiqsiz siz eng zoʻr fan klub yetakchisi dunyoda biz uchun
Рахматилло Исманов
24 dec 2024
Муборак булсин. Бу мехнатларни рохати!