Milner APL rekordini o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2024
Jeyms Milner mavsumlar soni bo'yicha APL rekordini yangiladi.

38 yoshli "Brayton" yarim himoyachisi "Everton"ga qarshi APLning 1-tur o'yinini asosiy tarkibda boshladi.

Shunday qilib, Jeyms Milner o'zining APLdagi 23 mavsumini o'tkazmoqda, bu yangi rekord hisoblanadi. Milner APLda 22 mavsum o'ynagan Rayan Giggz natijasini yaxshiladi.

Milner "Brayton" ustozi Fabian Xyurcelardan 7 yosh katta.

Angliyalik 2002/03 mavsumda "Lids" safida ligada debyut qilgan edi.

Milner faoliyati davomida "Nyukasl", "Suidon", "Aston Villa", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta