Milovan Kapor: “Buxoro”ga yordam berish maqsadida keldim"

Narzulla Saydullayev
24 oct 2019
Superliga turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, haqiqiy intriga yuzaga kelganiga guvoh bo'lamiz.

Elitada qolish uchun ayni damda “Buxoro”, “Dinamo”, “Qo'qon 1912” jamoalari jiddiy kurash olib bormqda. Ular orasida navbatdagi turda o'zaro to'qnash keladigan Buxoro va Qo'qon shahri jamoalarining imkoniyati bir muncha yuqoriroq. Boisi bu ikki klub ikkinchi davra boshida o'z tarkiblarini mahalliy va legioner futbolchilar hisobiga kuchaytirishga erishdi. Boz ustiga, so'nggi turlarga kelib mazmunli va tomoshabop o'yin namoyish etishmoqda. Natijalar ham ijobiy tomonga o'zgaryapti. Biz bilan suhbatda bo'lgan “Buxoro”ning kanadalik legioneri Milovan Kapor yuqoridagi gaplarimizni tasdiqlagan holda, ayrim savollarga javob berib o'tdi.

- Milovan, dastavval klub va undagi ichki muhit haqida to'xtalib o'tsangiz...

- “Buxoro” qadim tarixga ega jamoa sanaladi. To'g'ri, turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshi deb bo'lmaydi. Ammo, barcha vaziyatni o'nglash uchun harakat qilmoqda. Shahar go'zal, ko'plab tarixiy memoriy obidalar, istirohat bog'lari, dam olish maskanlari insonlarni dilini xursand qiladi.

- Nima sabab aynan “Buxoro”ni tanladingiz. Qaysi omillar bu erga kelishingizga turtki bo'ldi. Tashrifdan oldin barchasini o'ylab ko'rdingizmi?

- Ha. Men barcha tomonlarini o'ylab ko'rib, so'ng qaror qabul qildim. Jamoaga yordam berishimga ishonganim sababli bu erga keldim. Maqsadim o'z fazilatlarimni namoyon qilish va qo'limdan kelgancha ko'maklashish. Murabbiy transferimda muhim ahamiyat kasb etdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Muhsin Muhammadiev futbolchilik faoliyatida katta tajriba to'plagan. G'alabaga chanqoq, hushaqchaq inson.



- Jamoaning kuchlilar safida qolish yoki qolmasligi klubdagi kelajagingizga tasir o'tkazadimi?

- Bu borada aniq javob berolmayman. Mavsum yakunlangach barchasiga oydinlik kiritib olamiz.

- Futbolchilarning ruhiyatida Superligada qolishga ishonch va umidni sezdingizmi?

- Hozir bor etiborimiz bo'lajak o'yinlarga qaratilgan. Bu haqda gapirishning mavridi emas. “Qo'qon-1912” bilan kechadigan o'yin ko'p narsani hal qilib beradi. Har bir ochko biz uchun oltinga teng. Bo'shashishga haqqimiz yo'q.


Futbolchi haqida to'liq malumot
Ism familiyasi:
Milovan Kapor
Tug'ilgan sanasi: 5 avgust 1991 Toronto, Ontario, Kanada.
Bo'yi: 188 sm
Poziciyasi: Markaziya himoyachi, tayanch yarimhimoyachisi
To'p tepgan jamoalari : “Bradenton Akademiks” (AQSH), “Baltimor Bogemians” (AQSH), “Kadis” (Ispaniya), “Banska Bistrika” (Slovakiya), “Podbrezova” (Slovakiya), “Zlate Moravke” (Slovakiya), “Xapoel Hadera” (Isroil), ”Gomel” (Belarus).


Abdulaziz suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

LFC_2005
24 oct 2019
Intervyu boshlanibdiyu tugabdi shekilli.a
Улугбек Рахимов
24 oct 2019
Биз бухоро мухлислари ишонамиз худо хохласа албатта супер лигага коламиз омад барча уйинчиларга кулдан келгунча йигитлар боризни майдога ташланг омад
Azalshoh
24 oct 2019
Bunaqa o'yin,bunaqa "otar"chi tarkib bilan superliga na... kerak!
Зарафшон Навоий
24 oct 2019
Хозирда Бухоро кундан кунга шакилланиб боряпди чунки у ерда Мухаммадиевдан ташкари Алик Ширинбеков хам ишлаяпди бу дегани хозирда энг кучли мураббийлар Бухорода улар келаси йил хам Бухорода колса супер лигада чемпионлик учун бемалол кураша оладиган яна бир жамоа курамиз
Davronbek Beshariq
24 oct 2019
Собик совет даврида Торпедо (москва) жамоаси буларди, Олег Ширинбеков деган шу футболчи эмасми, ёки бошка фамилиядошми.