

"Biz chuqur qayg'u bilan e'lon qilamizki, eng g'amxo'r va aql bovar qilmaydigan futbol agenti vafot etdi.
Mino muzokaralar jarayonida o'z futbolchilarini qanday himoya qilgan bo'lsa, xuddi shu g'ayrat bilan hayot uchun ham kurash olib bordi.
Minoning ijodi juda ko'p odamlarning hayotiga ta’sir qildi, u zamonaviy futbol tarixida yangi sahifa yozdi. Biz uni doim sog'inamiz.
Minoning futbol olamini futbolchilar uchun yaxshiroq joyga aylantirish missiyasi xuddi shu tempda davom etadi.
Og'ir damlarda bizni qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu qayg'uli daqiqada Rayola oilasi va do'stlari shaxsiy hayotini hurmat qilinishingizni so'raymiz”, – deyiladi Rayola oilasi bayonotida.
U Ibragimovich, Pogba, Xoland va boshqa ko'plab top-futbolchilarning agenti hisoblanardi.
Eslatib o'tamiz, 2 kun oldin uning vafot etgani haqida xabarlar tarqalib, keyin bu uning yaqinlari tomonidan rad etilgandi.



