Miodrag Radulovich: "O'zbekiston Osiyo Kubogida tarixiy natijasini yangilasa, hayron bo'lmayman"

Iskandarov Abdulaziz
4 jan 2024
Musobaqa boshlanishiga bir oz vaqt qolganda Livan terma jamoasida bosh murabbiy almashdi.

Osiyo Kubogida Livanni chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich boshqaradi. O'zbekistonlik muxlislarga tanish bo'lgan Radulovich Qatardagi turnirda O'zbekistonning imkoniyatlari va Livanning maqsadini gapirdi. 

"Men o'zbek futbolining darajasini baland baholayman. Osiyo Kubogida terma jamoangiz yaxshi natija qayd etishiga shubham yo'q. O'zbekiston terma jamoasini musobaqa favoritlaridan biri, deb ayta olaman. Hozirgi kunda sizlarda yaxshi tarkib jamlangan va kelayotgan Osiyo Kubogida avvalgi tarixiy natija yangilansa, hayron bo'lmayman. 

 Livanga musobaqa boshlanishiga ikki hafta qolganda etib keldim. Musobaqadagi maqsadimiz munosib ishtirok etish. Asosiy maqsadimiz mart va iyun oyidagi JCH saralashida munosib natija ko'rsatish. Yozda Falastin va Bangladeshga qarshi o'ynaymiz. Ularni mag'lub etishimiz kerak",- deydi Radulovich.

Malumot uchun, Livan Osiyo Kubogida  Qatar, Xitoy, Tojikiston bilan "A" guruhida kuch sinashadi. 


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

BOBUR
4 jan 2024
Biz siz oʻylaganingizdek kuchli emasmiz guruhdan chiqish qaygʻurtiryapti suriyaxam bizga padarka emas buyogʻi ishongan favarid eldor tarkibda yuq
Muhammadmaruf
4 jan 2024
Бу сафар Ўзбекистон Радулович айтгандай узоққа боради.
Sharif76
4 jan 2024
Элдор шубхасиз жамоамиз етакчиси. Катанец Элдорсиз уйнатиб хам Мексика билан 3:3 килганди. Чиройли ва ишончли уйин кутаяпман термамиздан.
Odilbek77
4 jan 2024
Chempion bo'lsa, men ham hayron bo'lmayman.
AGMK UZB vs M.YU
4 jan 2024
Qo'shinlarimiz Tojikiston terma jamoasiga omad. Guruhdan chiqsa bo'ladi.