Mixed Zone: Zion Suzuki: "Bu turnirdan ko'nglim to'lmadi"

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
Xabaringiz bor, yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3 o'rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan so'ng Yaponiya jamoasi darvozaboni Zion Suzuki bilan suhbatlashdik.

-O'yin haqida fikrlaringiz...

-O'tgan o'yindagi mag'lubiyatdag keyin bizga juda qiyin uyin bo'ldi. Darvozamdan to'p olib chiqmaganimdan xursandman.

-Ushbu turnirdan nimalarni kutgan edingiz?

-Bu musobaqada chempion bo'lmoqchi edik. Yarim finalda mag'lub bo'lib, o'z darvozamdan 2ta to'p olib chiqdim. Bu turnirdan ko'nglim tulmadi.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia