Modrich: "Dastlab, olqishlar mening sharafimga ekanligini tushunmadim"

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichni Chernogoriyada munosib tarzda kutib olishdi

JCH saralashi doirasida Xorvatiya terma jamoasi mehmonga kelgan va ma'lum pallada 0:2 hisobida ortda qolayotgan bo'lsada, yakunda 3:2 hisobida zafar quchdi. Xorvatlar uchun amalda hech nimani o'zgartirmaydigan o'yinning 78-daqiqasida Modrich zaxiradan maydonga tushirilganida, butun stadion uni olqishlar bilan qarshi oldi. Luka o'yindan keyin ushbu qarsaklar unga qaratilganini dastlab tushunmaganini tan oldi. 

"Dastlab, olqishlar mening sharafimga ekanligini tushunmadim. Biroz vaqt kerak bo'ldi. Chin qalbimdan ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolga bo'lgan mehrim oldinga harakat qilish uchun menga kuch beradi", - deya Modrich so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it. 

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda Luka "Milan" sharafini himoya qilmoqda va bugun tunda jamoa A Seriya 12-turi doirasida "Inter" bilan ro'baro' keladi.

24 noya 2025, 00:45
Inter — AC Milan
0 – 1
Tugadi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pianetamilan.it