

M.E.N Sportga bergan intervyusida Stiv quyidagi fikrlarni keltirib o'tgan: Aminmanki, Maruan jamoaga tezda kirishib ketadi va Yunayted ning ajralmas bir bo'lagiga aylana oladi.
Raund futbolchi haqidagi fikrlarini davom ettirar ekan, Maruan ko'rsatayotgan o'yinlarini avvaldan kuzatib kelganman, hali “Yunayted”ga kelmasimdan avval men Midlsbro va Nyukasl jamoalarida ishlab yurgan vaqtlarimda uni o'yin uslubi muhlisiga aylanib bo'lgan edim.
Men avvaldan Maruanning o'yinlarini kuzatib boraman, chunki yosh bo'lishiga qaramasdan uning iqtidori boshqalardan yaqqol ajratib turar edi. Bir necha yillar avval men uni Belgiya yoshlari safidagi o'yinlarini kuzatgan edim. So'ng Everton jamoasiga o'tdim. Shunda uni chempionlar ligasi saralash bosqichida Standart va Liverpulga qarshi harakatlarini kuzatdim.
U o'sha o'yinlarda o'zini juda yaxshi o'yini bilan esda qoldi. Shu vaqtga kelib Fellayni Devid Moyes uni o'z jamoasiga qo'shib olishni birinchi raqamli maqsadga aylantirdi. Men o'yindan so'ng ko'rsatkichlarini murabbiyga taqdim etdim va Maruan bilan shartnoma tuzishga erishdik.
U hali etarlicha tajribali bo'lmasa ham, futbolchi uchun kerak bo'lgan barcha kerakli ko'rsatkichlarga ega edi. Evertonda o'tkazgan 5 yillik faoliyati davomida u Primer-liganinig haqiqiy top o'yinchilari safiga kirgan edi. U mumtazam tarzda gol urar va jismoniy holatini yaxshilab borar edi. Moyes Yunaytedga yangi murabbiy bo'lib kelganida, tarkibni ko'zdan kechirar ekan jamoaga markaziy yarim himoyada Maruandek jismoniy ko'rsatkichlarga ega futbolchi ortiqchalik qilmaydi degan xulosaga keldi. Futbolchini Yunaytedga qo'shib olish klub uchun foydali bitim ekanligini u bilardi.
U bilan ishlash davomida ajoyib texnika egasi ekanligini sezish mumkin. Menimcha, u to'pni ko'krak bilan toxtata oladigan futbolchilar orasida eng yaxshisi. Bu sifat unga maydonni istalgan qismidan uzatilgan to'plarni qabul qila olish imkonini beradi. Shuningdek, u to'pni mohirlik bilan boshqara oladi, uning texnikasi juda zo'r. Shu bilan birga himoyada ham ishonchli harakat qila oladi. Hozir judayam zo'r sport formasida. Maruan juda ko'p harakatlanadi u bir o'yinda o'rtacha 12 kilometr masofani toxtovsiz bosib o'ta oladi.
Fellayni – munosib baholanmagan futbolchi. U aniq to'p uzata olish qobiliyatiga ega, uzoq masofalardan Maykl Kerrik kabi to'pni etkazib bera olishda tenglasha olmasa ham lekin uni qisqa to'p uzatishlar va to'p o'zida ushlab tura olishini alohida e'tiborga olish kerak.
Agar bir vaqtda bir nechta sovrinlar uchun kurash olib boradigan jamoa tuzmoqchi bo'lsang hamma o'yinchilarin bir hil o'yin ko'rsatadigan bo'lishi shart emas. Ma'lum bir o'yinlarda yarim himoyaga Tom Kleverli va Maykl Kerrik tushirsa, qaysidir o'yinlarda Fellayni va Kerrik yoki Fellayni va Andersonlarga ishonch bildirilishi mumkin. Variantlarni ko'p bo'lgani murabbiyga qo'shimcha qulayliklar keltiradi.
Maruan jamoa uchun foyda keltira oladigan o'yinchi, ko'rsatadigan o'yinlari uni Yunaytedning asosiy tarkibiga asosiy davogar sifatida keltirish mumkin. U bir mavsumda o'rtacha 10 tadan 15 tagacha gol urishi mumkin va yarim himoyachi uchun bu ko'rsatkich chakki emas.
U jamoa uchun to'rtinchi raqamda himoyachilar oldida o'ynashi yoki sakkizinchi raqam bilan maydon markazida, o'z jarima maydonidan raqib tomon jarima maydonigacha harakat qilishi mumkin. Va nihoyat “Klassik o'ninchi” sifatida hujimchi ortida harakat qila olishi ham mumkin. Bu kabi universal sifatlar jamoa uchun judayam qadrli.
Shuningdek Raund Devid Moyes haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi: Ser Aleksning o'rnbosari kim bo'lishidan qatiy nazar u uchun engil bo'lmas edi va uni har bir harakati diqqatlik bilan o'rganilgan va kuzatilgan bo'lar edi. Ishonamanki, avvalgi keltirilgan tanqidlarni Moyes to'g'ri qabul qiladi va tanqidlarga javoban hali o'zini ko'rsata oladi. Nima bo'lganda ham David bu joyga eng munosib murabbiy.
Men Moyes bilan Evertonda 5 yil birga faoliyat yuritdim va kundan kunga u meni hayron qoldirar edi. U bilan ishlab shuni bildimki, klub uchun haqiqiy fidoiy inson edi. Bor e'tiborini ishga qaratar va boshqalardan ham 100% lik natijani talab qilar edi. Shu bilan birga u yutuqlarga chanqoq inson. Aminmanki, u Yunayted kabi buyuk jamoani boshqarishga munosib.
Hozirda Yunaytedda bo'la turib, u yerdagi muhitni ko'rib, Ser Aleksning yangi murabbiy tanlovi to'g'ri ekanligiga ishondim. Devid Moyesni tanlashda klub holatini saqlab qolish, jamoani mehnat intizomini yanayam oldinga siljishini xohlashgan holda tanlashgan. Endi shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, Devid Moyes va Yunayted bir birlari uchun yartilgandek go'yo.
Moyes bilan ilk bor tanishgan vaqtimda men hali Nyukaslda faoliyat yuritar edim. U yerda bir yil ishlaganimdan so'ng, Moyes menga qo'ng'iroq qildi va uchrashuv belgiladi. U menga o'z rejalarini aytib berdi va birgalikda ishlashni taklif qildi. U vaqtlarda men bosh murabbiy sifatida faoliyatimni davom ettirish hayolida edim. Bu uchun menda barcha sharoitlar mavjud edi. Lekin Moyes bilan olib borgan 5 daqiqlik suxbatdan so'ng fikrimni o'zgartirdim, men u bilan ishlashni xohlardim. U meni ko'zimni ochdi. Men qarmoqga ilingan edim. Moyes ajoyib inson, aqlbovar qilmas darajada halol va to'g'riso'z kishi. U Yunayteddagi vazifasini biladi. Uni jamoa bilan buyuk g'alabalar kutib turibti.
Abdurahim Mansurov tarjimasi



