Mourinyo Kakani Rossiya klublaridan biriga sotishni mo'ljallagan

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kaka so'nggi paytlarda ruhiy jihatdan qattiq tushkunlikka tushib qolgan edi, deb xabar beradi ispan OAV.
Kakaga yaqin bo'lgan insonlarning takidlashicha, uning bunday holatga tushishiga, klubning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo aybdor bo'lib turibdi.

“Mourinyo unga o'z jamoasining o'yinchisi sifatida qaramas edi va futbolchini ikkinchi darajaga tushirib yubordi. Biroq murabbiy uni yevropaning top klublariga qo'yib yuborishni istamas edi, chunki u Kakaning kuchayib kyetishi hamda yetakchi futbolchilar safiga qo'shilishidan hayiqardi. Shu sabab Mourinyo Kakani Rossiya yoki Xitoy klublaridan biriga sotishni mo'ljallab yurgan. Biroq futbolchining rejalarida bunday maqsad bo'lmagan. Ular orasida hech qanday nizo yo'q edi, biroq bunday munosabatni na yaxshi na yomon deb ayta olish mumkin. Futbolchi Angliya va Italiyadan yaxshi taklif olgan edi, biroq Mourinyo uni qo'yib yubormadi”, - deydi Kakaning yaqinlaridan biri.

Manba: championat.com