Mourinyo: "Kasilyas bilan salomlashaman va bu haqda boshqa gapirmang"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2015
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Portu" darvozaboni Iker Kasilyas bilan uchrashganda salomlashishini aytdi.

Jamoalar chempionlar ligasida bir-biriga qarshi bahs olib boradi.

"Kasilyas bilan salomlashaman va bu borada boshqa gapirmaysiz" - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Mourinyo "Real"da ishlagan kezlari, Kasilyas bilan kelisha olmay qolgan edi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin bugun 23:45da boshlanadi va "UZREPORT" telekanali bahsni to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com