

Xau kelganidan keyin “Nyukasl” autsayderlar qatoridan 12-o'ringacha ko'tarildi.
Biroq, klub rahbariyati kelajakdagi rejalar uchun jamoaga top murabbiyni olib kelmoqchi. Asosiy nomzodlar orasida “Roma” ustozi Joze Mourinyu bor.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasida muzokaralar boshlangan va kelishuv yozda amalga oshishi kutilmoqda.



