Mourinyu bilan urushib qolgan Matich "Roma"dan ketmoqda

Mirjalol Normatov
13 avg 2023
"Roma" xavbeki Nemanya Matich "Renn"ga o'tadi.

Fransiya klubi 35 yoshli xavbek uchun 3 mln evro va bonuslar qo'shib berishga tayyor. Matichning kyetishiga sabab sifatida jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan kelisha olmay qolgani keltirilmoqda. Bunga qadar u portugaliyalik bilan "Chelsi" va "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.

Matichga o'rinbosar sifatida "Roma" 2014-17 yillar davomida Rimda o'ynagan hozirda PSJda faoliyat olib borayotgan Leandro Paredesni tarkibga qaytarishni istamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio