Mourinyu evrokuboklardagi o'z rekordini yangiladi va tarixiy natijaga erishdi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2022
Konferenciyalar Ligasi chorak finalida “Roma” “Budyo-Glimt”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra, 5:2 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

Portugaliyalik 11-marotaba evrokuboklar yarim finaliga yo'l oldi va bu borada o'z rekordini yangiladi. Undan keyingi o'rinlarda esa Pep Gvardiola (10 ta), Karlo Anchelotti (9 ta) Aleks Fergyuson va Yupp Xaynkes (ikkisida 8 tadan) bormoqda.

Shuningdek, 59 yoshli mutaxassis ECHL, Evropa Ligasi hamda Konferenciyalar Ligasi yarim finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi.

Malumot o'rnida, A Seriya klublari 2010 yildan beri evrokuboklarda g'olib bo'la olmayapti. Hozircha oxirgi titul ham aynan Joze hisobida ("Inter" bilan ECHL) va u bu noxush ananani ham aynan o'zi buzishi mumkin.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Marca

Izohlar

Oliver Kan
17 apr 2022
Negadur ko'pchilik Yupp Haynkesni qadirlamaydi lekin men uchun futbol tarixidagi eng zo'r trenr
Chelsea England
17 apr 2022
Roma olsin kubokni, Eldor uchun Romaga omad tilaymiz, olg'a Roma
online ...
17 apr 2022
FINALDA ELDORDAN GOL.VA FINALNI ROMA OLSIN SABABCHISI ELDOR BULSIN
Faqat Rosti
17 apr 2022
Nimani buzsa xam eldorni oyinini buzmasin tushsa gol uradida
Otabek Real&Chelsi
17 apr 2022
Italiya klublarini 2010 yildan buyog'i Ilk Yevrokubogini Oladi Menimcha va Mour dan Mourgacha boladi!!!!