Men hakamga rahmat aytishim kerak. Men aytayotgan vaziyatda raqib o'rindig'ida o'tirganlarning hammasi maymundek sakrashardi. Agar o'yinni turkiyalik hakam boshqarganida, Yusuf Akchichek birinchi daqiqadayoq kartochka olgan bo'lardi, men esa uni beshinchi daqiqada almashtirishim kerak bo'lardi, - dedi Fenerbahche bosh murabbiyi.
Galatasaroy Mourinyuning so'zlarini turk xalqiga hurmatsizlik deb atagan bayonot berdi.
Fenerbaxche bosh murabbiyi Joze Mourinyu Turkiyadagi ishining boshidanoq turk xalqi haqida tinimsiz haqoratomuz gaplarni aytib keladi. Bugungi kunda uning bayonotlari axloqsiz izohlardan oddiygina g'ayriinsoniy ritorikaga aylandi.
Joze Mourinyuning irqchi bayonotlari yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atish, shuningdek, UEFA va FIFAga rasmiy shikoyatlar yuborish niyatimiz borligini rasman bildiramiz, - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Fenerbaxche va Galatasaroy uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
Izohlar