Mourinyu makedoniyalik jurnalistning iltimosini bajardi

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu Yevropa Ligasi saralashidan o'rin olgan “Shkendiya”ga qarshi bugungi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

Unda makedoniyalik jurnalist Igor Aleksandrovich Jozega marhum otasi uning muxlisi bo'lgani haqida gapirib bergan. Uning so'zlariga ko'ra, otasi og'ir kasallanganda, agar imkon bo'lsa, o'g'lidan Mourinyu bilan birga suratga tushishini so'ragan. 

Portugaliyalik mutaxassis esa Aleksandrovich iltimosini rad etmadi va u bilan suratga tushdi, ammo belgilangan qoidalarga ko'ra ijtimoiy masofani saqlagan holda buni amalga oshirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial