Mourinyu: "Pogba endi vice-sardor emas"

Aslanov Jasurbek
26 sen 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba endi vice-sardor emasligini tasdiqladi.

Oldinroq, portugaliyalik mutaxassis "Vulverxempton"ga qarshi bahsdan so'ng (1:1) Pogbaning so'zlaridan g'azablangani aytilgan edi. Fransiyalik futbolchi jamoa uy uchrashuvlarida ko'proq hujum qilishi kerakligi haqida gapirgandi

"Endi u vice-sardor emasligi haqidagi ma'lumot haqiqat, biroq Pogba bilan oramizda muammo yo'q. Men murabbiyman va bunday qarorlar qabul qilishga haqqim bor", - deydi Mourinyu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports