Mourinyu: "Roma" menga finallarda o'ynash imkonini berdi, "Tottenxem" esa yo'q"

Administrator
31 may 2023
Murabbiy London klubidan bo'shatilganini esladi.

"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Tottenxem" klubidan ketganini yana bir bor esladi. Klub 2021 yilda Jozeni Angliya liga kubogi finalidan olti kun oldin bo'shatgandi. O'shanda "Siti" londonliklarni finalda kutib turgandi.

"Tottenxem" va "Roma" klublarining farqi haqida so'ralganda Mourinyu quyidagicha javob berdi:

"Roma" menga finallarda o'ynash imkonini berdi, "Tottenxem" esa yo'q", -deydi portugaliyalik murabbiy.

Ma'lumot uchun, "Roma" va "Sevilya" o'rtasidagi Yevropa ligasi finali bugun soat 23:59 da o'tkaziladi.


AdministratorMuallif
Manba: Tutto Mercato Web