Mourinyu: "Roma"da juda ham baxtliman. Bu loyihani boshqa hech qaysisiga almashmagan bo'lardim"

Alisher
21 yanv 2022
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu unga "Everton" tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida gapirdi.

"Men "Roma"da juda ham baxtliman. Bu loyihani boshqa hech qaysisiga almashmagan bo'lardim. Ushbu uch yil uchun so'z berdim va uch yil yakunlanguniga qadar ketmayman.

Bu mening ham loyiham. Insonlar menga ishonayotganini his qilyapman. Futbol nuqtayi nazaridan, 4-8 o'rinlarda yakunlash uchun o'ynash men xohlayotgan narsa emas. Ammo, keyingi mavsumda biz kuchli bo'lamiz.

Birinchi yarim mavsumda xafsalamiz pir bo'lganini inkor etmayman, chunki futbolimiz dahshatli edi. Ammo, hozirda men xursand bo'la olmayman", - deydi Mourinyu.

"Roma" Italiya chempionatida 22 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda, jadvalda 7-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net