Mourinyuga "Barselona" futbolchisi kerak

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024
"Barselona" yarim himoyachisi Oriol Romeu yanvarda Italiya A Seriyasiga yo'l olishi mumkin.

"Football Espana" xabariga ko'ra, yarim himoyachiga "Roma" qiziqish bildirmoqda va 32 yoshli ispaniyalikni sotib olish bo'yicha kelishuvni yakunlamoqchi. Italiya poytaxti jamoasi tez orada kataloniyaliklarga rasmiy taklif yuboradi.



Romeu ushbu mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana