

"Liverpul" klubi futbolchisi Muhammad Saloh jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda. Nashrning ma'lum qilishicha, Saloh ikki yillik shartnomaga imzo qo'yish arafasida. Shartnomaning moliyaviy tarafi ochiqlanmadi, ammo "Liverpul" Salohning talablarini bajarishga majbur bo'lgani aytilmoqda.
Ushbu mavsumda futbolchi 43 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 22 ta assist qayd etdi.



