Muhammad Salohning yangi ustozi kim bo'lishi malum

Omonjon To`xtamirzayev
7 feb 2024
Endilikda misrlik mutaxassis Salohning yangi murabbiyi sifatida faoliyat olib boradigan bo'ldi.

Misr Futbol Associaciyasi bu haqida rasman malum qildi. Xusam Xasan Xuseyn Misr terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

Xusam Xuseyn futbolchi sifatida Misr termasi safida 176 o'yinda maydonga tushgan va 68 ta gol urishga erishgan. Milliy terma jamoa safidagi oxirgi o'yinini 2006 yil 7 fevral kuni Senegalga qarshi o'tkazgan (2:1).

Afrika futboli tarixidagi eng sovrindor sportchilardan biri bo'lgan Xusam Xasan Afrika qitasining XX asrdagi eng yaxshi futbolchilari TOP-10ga kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda davom etayotgan Afrika Millatlar Kubogida Misr omadsizlikka uchradi va 1/8 finaldayoq Kongo Demokratik Respublikasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgandi. Natijada, o'zi yaqinda Misrda ish boshlagan Rui Vitoriyaga chiqish eshiklari ko'rsatilgandi.   


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Миср ФА

Izohlar

Озод Ачилов
7 feb 2024
Пахаткор стадионида свет ўчиб қолганида Иордания билан термамизни ютиб кетган мураббий бу. Даражаси яхши эканда, Мисрга мураббий бўлди...
WoLfMeN
7 feb 2024
Yaxshi hujumchi bulgan afrika kubogini yutgan edi adashmasam 1997
Jakhongir Yuldoshev
7 feb 2024
Ливерпульга рукаж килиб ёзилган сарлавха
Sera_M ¥ U
7 feb 2024
Sarlavxangayam sani