Muhammadali O'rinboevga "U-20 Osiyo Kubogining eng yaxshi to'purari" sovrini topshirildi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Muhammadali O'rinboev Xitoyda o'tgan Osiyo Kubogida eng yaxshi to'purar sifatida etirof etilgandi.

Bugun O'FA rahbariyati mazkur mukofotni futbolchimizga topshirib, kelgusida jamoamiz oldida yanada muhim turnirlar, xususan, keyingi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi turganini aytib o'tdi. Xatolar ustida ishlash va U-20 Osiyo Kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba kelajakda katta natijalarga erishish uchun muhim asos bo'lishi takidlandi. 

O'z o'rnida, Muhammadali O'rinboev ushbu sovrin unga yanada ko'proq mehnat qilish va jamoaga yordam berish uchun qo'shimcha motivaciya berishini qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Muhammadali O'rinboev musobaqada 4 ta gol urgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати