Muhsin Nizomiddinov: "Bizga bitta aniq zarba yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2023
"Qo'qon-1912" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro liga o'yinidan (0:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Muhsin Nizomiddinov: "Superligaga chiqishni xohlagan ikki jamoa o'rtasida yaxshi bahs bo'ldi. Samarqanda muxlislar kelibdi, bizning ishqibozlar oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Bizga bitta aniq zarba yetishmadi".

- Doniyor Ismoilovga so'nggi bahslarda kam imkoniyat beryapsiz...

- Futbolchiga bazida 5, bazida undan ko'proq imkoniyat beriladi. Doniyor to'liq tiklanib olgani yo'q. "Xorazm"dagi bahsni asosiy tarkibda boshladi. U hozircha o'yinimizga mos tushgani yo'q. Ismoilov yaxshi futbolchi, kelajagi porloq. Harakat qilishda davom etish kerak.

- "Qo'qon-1912"da Superligaga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun deyarli imkoniyat qolmadi. O'tish o'yinlariga tayyorgarlikni boshlaysizmi?

- Muxlislarimiz uchun oxirigacha harakat qilamiz.

- Superligaga o'tish o'yinlari avvalgiga nisbatan ko'paytirildi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Pro ligadagi o'yinlar soni kamaygani tufayli shunday bo'ldi deb o'ylayman. Bu normal holat.

- Asadbek Zokirjonov bugun qo'rquv bilan harakat qildi...

- Yo'q, unday emas. "Dinamo"ning katta qismi legioner va tajribali futbolchilardan iborat. Biz ikkinchi davrada yoshlarga e'tibor qaratdik. Asad Odil Ahmedovga o'xshaydi. Unda qo'rquv yo'q. Balki biroz charchoq bordir.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia