Muxlisdan maktub: Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q yoxud barbod qilinayotgan “Surxon” loyihasi

Og'abek Samisov
7 jan 2023
Yangi 2023 yil O'zbekistonda Insonga etibor va sifatli talim deya nomlangan bir pallada o'zbek futbolida malakali mutaxassislardan biri Hamidjon Aktamov qadrsizlanayotganini ko'rib ochig'i odam o'ylanib qoldi.

2023 yil avvalidan yangi mavsumda yaxshigina shovqin ko'tarishi ko'zda tutilgan va jamoani top darajaga ko'tarishi kutilgan Hamidjon Aktamovning Surxondagi faoliyati katta so'roq ostida qoldi. Bu esa ko'plab surxandaryolik futbol shinavandalarining tashvishlantirib qo'ydi. 

Chempionatimizga intriga, chempionlik va medallar uchun kurashda raqobat taqdim etishi kutilgan qiziqarli Surxon loyihasi kutilmaganda barbod bo'lish arafasida.

Jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib, “Surxon”ni Superligada olib qolgan va yangi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashuvchan jamoani tuzayotgan Hamidjon Aktamovga nisbatan nohaqlik qilinmoqda.

Bu nafaqat Aktamovga, balki ko'p minglab surxandaryolik futbol ishqibozlariga nisbatan ham nohaqlik emasmi?

Navoiyda oldidan oqqan suvni qadrlamagandek, “Surxon”ga ham kelib qolib qisqa fursatda o'zini ishbilarmonligini ko'rsatgan menejerni qadriga etmaslik yakunda qimmatga tushishi tayin.

Necha yillardan buyon jamoa oliy ligada faqatgina jon saqlash uchun kurashib kelgan. Bu yil nihoyat Hamidjon Aktamov tuzayotgan jamoa yuqori vazifalarni bajarishga shaylanayotganini ko'rib, Surxondaryoda ham top jamoa barpo qilinayotganini eshitib xursand yurgan muxlislarning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi.

“Surxon” professional futbol klub. Jamoa Toshkentdagi qandaydir Feniks degan bolalar maktabidan chiqayotgan va shu erda ishlayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun tajriba maydonchasi bo'lishiga jim qarab turolmaymiz!

Biz muxlislar Hamidjon Aktamovni nohaq bo'shatilib, oldimizdan oqib turgan suvni qadriga etmasak, yana bu narsa O'zbekistonda inson qadrlanishi kerak bo'lgan 2023 yilda bo'layotgani Hamidjon Aktamovga nisbatan nohaqlik.

Hamidjon Aktamov-ku ertami kech o'ziga bo'ladigan yangi takliflarni qabul qilib, o'z ishini davom ettirib ketadi. “Surxon”ga esa har doim ham bunday yuqori malakali menejerlar kelavermaydi. Bizga tajriba o'tagani va o'zini shaxsiy loyihasini o'z manfaati yo'lida “Surxon” orqali amalga oshirishni istaydigan va xatto licenziyasi yo'q mutaxassislar paydo bo'laveradi.

Surxondaryo hokimiyati va Eriel kompaniyasi rahbariyatidan “Surxon” jamoasiga hurmat bilan va professional munosabatda bo'lishlarini so'rab qolardik.

“Surxon”ga Eriel kompaniyasi homiylik qilishni boshlaganda jamoamiz yangi darajaga ko'tarilishini kutgandik. Aksincha quyiga o'sha eski darajamizdan ham pastroq qulashni aslo kutmagandik!

Bunga esa aslo jim qarab turib bo'lmaydi!

Surxondaryolik bir guruh futbol muxlislari nomidan


Og'abek SamisovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

umed rashidov04 James Rodriguez
7 jan 2023
Hamidjon ja kuchli menejermas aslida surxonni ispaniyaliklar tayorlagandi
Ronaldinhoooo
7 jan 2023
Yil nomini nima aloqasi bor
Soccerland777
7 jan 2023
Испаниялик мутахассис ўтган йили бир неча марта нолиб интервью берди... Қачон биз ҳам ўз майдонимизда ўйнарканмиза деб.... Агар шу мутахассисга шароит қилиб беришганда, Сурхон ҳам ўз майдонида ўйнаганида камида 5-6 ўринни оларди.... Мард бўсанглар, Актамовни Қизилқумдаги статистикасини беринглар! Биз ҳам кўрайлик ҳар йили нечанчи ўринни олган экан. Пул йўқ, деб қўлида тилла соат бўйнида тилла занжир
Xaqiyqat
7 jan 2023
Актамов хечнима килмади. Испан жамоада яхши ойинни юлга койганди.
Ulugbek Xolov
7 jan 2023
Surxon rivojlanmoqchi bo'lsa unga yaxshi rahbar kerak. Lekin Aktamov kissovur Qizilqumni tiqadigan joyiga tiqib keyin ketgan ishonilar Aktamov Surxonda 10 yil ishlasayam hech vaqo qilolmaydi faqat o'zi bilan ko'chmanchi futbolchilarni yetaklab yurishi mumkun. Umuman Abramov Aktamov Babayan bularni tuprog'i bir tayyor pulga tayyor o'yinchini o'ynatishni biladi. Ertaga Navbahorda pul tugasa birinchi Babayan ketidan bir yillik shotirlari ipni uzadi. Qarabsizki Navbahor ertagi tamom! Ko'zni ochinglar bizga bunaqa sirk kerakmi ? Akademiyalar rvojlansin har yil chempionatida 30 talab 40 talab yoshlar debyut qilsin. Bugun O'zbek futboliga Aktamovlar Babayanlar Abramovlar emas akademiyalar stadionlar infrastrukturalar va yosh murabbiylar kerak.