Muxlislar Ueyn Runini tanqid qildi: "Ajoyib futbolchi, ammo yomon ekspert"

Sherzod Nurmatov
18 avg 2025
"Match of the Day" tomoshabinlari Gari Linekersiz ilk dasturga baho berdi.

Ueyn Runining debyuti 800 ming funt sterlinglik shartnomaga qaramay, tanqidlar to'lqiniga sabab bo'ldi.

Dasturni Mark Chepmen olib bordi, unga Kelli Keyts va Gabbi Logan yordam bermoqda. Unga Ueyn Runi va Alan Shirer qo'shildi. Ammo tomoshabinlar "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi afsonasining tahlilini zaif deb hisoblamoqda: "Ajoyib futbolchi, ammo yomon ekspert", deb yozgan X foydalanuvchilari.

Chepmen mahoratli boshlovchi sifatida maqtovlarga sazovor bo'ldi. Biroq ko'pchilik Linekersiz dasturga ko'nikolmayotganini bildirdi.

Lineker Isroilning G'azodagi harakatlarini qoralab yozgan postidan so'ng ketdi. Shundan keyin yiliga 1,35 million funt ishlab topgan boshlovchi uzr so'rab, loyihani butunlay tark etishni maqul ko'rgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian