MYU Beyl uchun 85 mln. funt to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2018
"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisi Garet Beyl transferi ustida ishlamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfe 85 mln. funtdan ko'proqqa amalga oshadi.

"Real" Beylni sotishga tayyorligi bir necha oy davomida sir saqlanib kelinayotgan edi. Klub prezidenti Florentino Peres jamoani yoshartirmoqchi, shu sababli u Beyl - Benzema - Ronaldu triosidan birini sotish niyatida.

Zidanning kyetishi Beyl uchun yangi muzokaralarga yo'l ochdi, biroq futbolchi vakillari transferni xohlashmoqda.

Beyl 2016 yilning oktyabr oyida shartnomasini uzaytirgan edi. Uning soliqlarsiz yillik maoshi 10,5 mln. funt. "Manchester Yunayted" uelslikka haftalik maoshi 500 ming funt bo'lgan bitim taklif qilmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times