"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Lisandro Martinesning jarohati haqida gapirdi.
"Menimcha, vaziyat jiddiy. U nafaqat buyuk o'yinchi, balki kiyinish xonasidagi kuchli personaj. Martines bu jarohat qanchalik jiddiy ekanini his qildi. Futbolchilar jiddiy nimadir yuz bersa, buni sezishadi. Biz unga yordam berish uchun shu erdamiz", -deydi Amorim.
Malumot uchun, Lisandro Martines "Kristad Pelas"ga qarshi o'yinning yakuniga yaqin tizzasidan jarohat oldi. Himoyachini maydonda zambilda olib chiqib ketishdi.
Izohlar