MYU eng yaxshi hujumchisini qo'yib yubordi – ularning hujumi "Chempionship" darajasida. Zirkze klubga munosib emas, Garnacho ham yaxshi holatda emas, Xoylund – to'purarmas"

Omonjon To`xtamirzayev
4 feb 2025
Jeymi O′Xara "Manchester Yunayted" hujumi darajasini Chempionshipga mos deb hisoblashini aytdi.

Xayuaringiz bor, Markus Reshford bir necha kun avval "Aston Villa"ga ko'chib o'tdi.

"Markus Reshford "Manchester Yunayted" va Ruben Amorimni noqulay holatda qoldirishi mumkin.

Men barchasida Amorimni ayblamoqchi emasman. Uning qo'l ostidagi futbolchi o'ynashni istamasligi va ketmoqchiligini aytsa, u nima qila oladi? Nazarimda, "Manchester Yunayted" Reshfordning maoshidan qutulmoqchi bo'ldi. Futbolchining o'zi esa barchasini yangidan boshlashi kerak edi.

Ko'ramiz, Reshfordning keyingi faoliyati qanday bo'larkin, ammo "Manchester Yunayted" baribir xato qildi, deb hisoblayman. Ularning hozirgi hujum chizig'iga havas qilib bo'lmaydi va Chempionship darajasidan yuqori emas.

Joshua Zirkze "Manchester Yunayted" libosiga loyiq o'yinchi emas, Alexandro Garnacho ham yaxshi sport formasida emas, Rasmus Xoylund esa to'purarga o'xshamayapti, Amad Diallo – jamoadagi yagona yorqin figura. Menimcha, MYU o'zining eng yaxshi hujumchisini qo'yib yubordi.

Agarda "Aston Villa" Reshforddan maksimal ravishda foydalan olsa, "Manchester Yunayted" qiyin vaziyatda qolib ketishi mumkin", – dedi "Tottenxem" sobiq yarim himoyachisi Jeymi O′Xara.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Sky Sports

Izohlar

Shahboz4
4 feb
Тўғри гапирибди
Best One
4 feb
Уйнашни хохламаса нима килиш керак чопмаса майдонга тушиб
Liverol Motor Oil
4 feb
Иккита нормалный футболчи олишга МЮга нима тусқинлик қилади хайронман. Оламан деса унча-мунчаси учиб борадиган клуб,лига булса?
Mergen Saparov
4 feb
Ozi M.Yu libosi ham top hujumciga mos libos bolmay koldida...
Mergen Saparov
4 feb
Ozi M.Yu libosi ham top hujumciga mos libos bolmay koldida...