MYU "Ipsvich" hujumchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 may 2025
"Manchester Yunayted" Yevropa ligasida g'alaba qozonsa, "Ipsvich" hujumchisi Liam Delap transferini amalga oshirmoqchi.

 Hozirda "Ipsvich" hujumchisiga eng faol qiziqishni "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bildirmoqda. Takidlanishicha, "MYU" transferga jiddiy qiziqish ko'rsatgan – Delap klubning hujumchi poziciyasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu bilan birga, "Chelsi" hujumni kuchaytirish uchun bir necha variantni ko'rib chiqmoqda, va "Ipsvich" hujumchisi "ko'klar" bosh murabbiyi Enco Mareskaga yaxshi tanish.  

Delap mavsum yakunigacha kutib, qaror qabul qilmoqchi, biroq hujumchi yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionati boshlanishidan oldin o'z kelajagini aniqlashtirishni xohlaydi. "Ipsvich" APLdan tushganidan so'ng, 22 yoshli futbolchining tovon puli 30 million evroni tashkil etmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/JacobsBen