MYU rahbari Maykl Kerrikni doimiy bosh murabbiy qilmoqchi emas

Khoja
16 mar 2026
INEOS kimyo guruhi asoschisi va "Manchester Yunayted" egalaridan biri Jim Retkliff Maykl Kerrik haqida fikr bildirdi.

"Maykl Kerrik ajoyib faoliyat yuritmoqda. Agar shu ruhda davom etsa, u bu ishga ega bo'la oladimi? Yo'q, bunday deb o'ylamayman", - deb fikr bildirgan rahbar.

Kerrik qo'l ostida "Manchester Yunayted" to'qqizta o'yin o'tkazdi, ularning ettitasida g'alaba qozondi, bitta durang o'ynadi va bittasida mag'lub bo'ldi. Jamoa "Vest Xem" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi va "Nyukasl"ga 2:1 hisobida yutqazdi. Uning qo'l ostida jamoa APLning 3-o'rniga ko'tarilib oldi.


KhojaMuallif
Manba: @uz_eksport