MYU rahbariyati pul tejashning yangi usulini topdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 feb 2025
Bu haqida "Sky Sports" jurnalisti Rob Xarris xabar bermoqda.

"Manchester Yunayted" rahbariyatining hisob-kitobiga ko'ra, xodimlar uchun mo'ljallangan tushlikni bekor qilish orqali, klub 1 mln funt (taxminan 1,2 mln evro) pul tejab qoladi. 

Malum qilinishicha, "Manchester Yunayted" tushliklardan tashqari, klub yana 200 nafargacha xodimni ishdan bo'shatishini mumkin.

Xabar qilinishcha, rahbariyat aynan shu yo'l bilan klubni besh yillik tanaffusdan (klub 2019 yildan buyon har yilni zarar bilan yopadi) keyin yana foyda ko'rgan jamoalar qatoriga qaytarmoqchi. Moliyaviy holatini yaxshilab olgach, klub erkaklar va ayollar jamoasi rivojiga va infratuzilmani yaxshilashga yanada ko'proq mablag' ajrata oladi.

Eslatib o'tamiz, 26-turdan keyin "qizil iblislar" APL 15-pog'onasini egallab turishibdi.

Avvalroq, MYUda hatto burama mix, skotch va konvertlarni tejash boshlangandi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Sky Sports

Izohlar

Шерали Очилов
25 feb
Арабларга сотсанг МЮни курсатади канака фойда куришни америкалик еврий ахмоклар
International
25 feb
Шунча одами тцшлигидан 1,2 млн эконом кигандан кора 80-95 млнлик трансферлардан, 25-30 млнлик йиллик маошлардан эконом киса бомасмикан? Канака молиячила ишлиди бу клубда?
Muzaffar Murodqosimov
25 feb
Man.Yunayted boshqaruvi va siyosatida bo'layotgan o'zgarishlar bn yurtimizdagi ahvol juda o'xshash ekan...Demak Man.Yunaytedda ham katta korrupsiya ishlari avj olgan!
assassin
25 feb
бир тарафдан тугри булиши мумкин чунки МЮ ута катта клубга айланиб керакмас расходлар куп булиб кетган даромад эса аввалгидай эмас шунинг учун узига яраша шароитдан келиб чикиб килятган булиши мумкин
Samar O'ralov
25 feb
Endi murabbiysiz o'ynashni boshlasayam bo'laveradi.Baribir rezultat yo'q