MYU Ronaldu uchun kurashdan chiqmagan

Mirjalol Normatov
6 iyul 2018
"Manchester Yunayted"dagilar portugaliyalik forvard Krishtianu Ronalduni "Yuventus"dan ilib ketish niyatida.

"The Sun" xabariga ko'ra, " qizil iblislar" 33 yoshli futbolchi uchun kurashdan chiqmagan. Ular "Yuventus"dan ko'ra ko'proq mablag' to'lashga tayyor turibdi.

Oldinroq "Yuve" Ronalduning transferini 7 iyul kuni e'lon qilishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'tgan mavsumda Ronaldu Primeroning 27 uchrashuvida qatnashdi va 26 gol urishga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun