MYU ten Xag davrida 616,8 mln. funt sarfladi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2024
Erik ten Xag davrida "Manchester Yunayted"dan ko'proq pul sarf qilgan bitta klub bor ekan.

Niderlandiyalik mutaxassis 2022 yilning yozida "qizil iblislar" ustoziga aylangan edi, bugun esa uni iste'foga chiqarishdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, mankunianlar ten Xag davrida transferlarga 616,8 mln. funt sarf qilgan. Bu vaqt ichida APLda faqat "Chelsi" ulardan ko'proq pul ishlatgan - 1,3 mlrd. funt.

Keyingi o'rinlar quyidagicha:

"Tottenxem" - 557,5 mln.

"Arsenal" - 490 mln.

"Vest Xem" - 449,3 mln.

"Manchester Siti" - 399,2 mln.

"Nottingem Forest" - 376 mln.

"Nyukasl" - 344,3 mln.

"Liverpul" - 343,4 mln.

"Brayton" - 321 mln.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports