Myuller va Lam “Bavariya” bilan amaldagi shartnomalarini uzaytirishdi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2014
“Bavariya” yetakchilari Tomas Myuller va Filipp Lam Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomalarini uzaytirishdi.
Yangi kelishuvga ko'ra, jamoa sardori kamida 2018 yilgacha “Bavariya” sharafini himoya qilsa, Myullerning shartnomasi 2019 yilgacha uzaytirildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Eropaning bir qator yetakchi klublari Myullerga qiziqish bildirayotgandi. Lekin futbolchining o'zi “Bavariya”da qolishga qaror qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com