Nahotki! Depay o'zi uchun jamoa topdi

Mirjalol Normatov
6 sen 2024
Memfis Depay faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.

"Globo Esporte" nashri ma'lumotiga ko'ra, futbolchi "Korintians"ning taklifini qabul qilgan va klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashga rozi bo'lgan. 28 oy davomida futbolchi 11,3 mln evro maosh ishlab topadi. 30 yoshli futbolchi dam olish kunlarida San-Pauluga yetib borishi kutilmoqda.

Depay yozgi transferlar oynasi vaqtida "Atletiko"ni tark etgani sababli qisqa vaqt jamoasiz qolib ketayogandi.

O'tgan mavsumda futbolchi LaLiganing 23 o'yinida maydonga tushib, 5 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte