Nainggolan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkani uchun klubidan chetlatildi

Eldor Akmurzayev
18 oct 2022
“Antverpen” yarim himoyachi Raja Nainggolanni tartibni buzgani uchun nomalum muddatga chetlatdi.

Belgiyalik futbolchi “Standard”ga qarshi o'yin (0:3) oldidan zaxira o'rindig'ida tamaki chekkan. Klub rahbariyati bundan xabar topib, uni asosiy jamoadan chetlatishga qaror qildi. 34 yoshli xavbekning o'zi esa aybini tan olgan va bundan pushaymonligini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Nainggolan “Pyachenca”, “Kalyari”, “Roma” hamda “Inter” kabi klublar sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Shunchaki_FUTBOL
18 oct 2022
Yoshlarga ibrat bo'lishning zo'r yo'lini topibdi
ziyodulla
18 oct 2022
dalbayobku
skromno_98
18 oct 2022
Romada yondirardi bleeee
Mansur Xurramov
18 oct 2022
Bola adashmasam jch 2018 da zborga olinmagandan so‘ng yomon singandi