Namoyishlar tufayli PSJ - "Monpele" uchrashuvi qoldirildi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018
8 dekabr kuni o'tishi kerak bo'lgan PSJ hamda "Monpele" o'rtasidagi bahs boshqa kuni bo'lib o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, qaror Parij policiyasi iltimosiga ko'ra qabul qilindi. Ayni damda bahsning yangi sanasi ma'lum emas.

Parijda yonilg'i narxi oshgani va preziden Emmanuel Makron islohotlariga qarshi noroziliklar to'xtamayapti. Namoyishchilar barrikadalar qurib, policiyachilarga fayerlar otishmoqda.

Shanba kuni ham bu holat davom etishi mumkinligi tufayli, policiya uchrashuvni boshqa kuni o'tkazishni so'radi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com